Magazin va do‘kon kassasi
Magaziningiz uchun aqlli savdo tizimi
Mahsulotlar, savdo, ombor va hisobotlarni bitta qulay tizimda boshqaring. Shtrix-kod, kassa, smena va qaytarish — brauzerda, tenge (₸) bilan.
Shtrix-kod · Ombor qoldig‘i · Kassir smenasi
Magazindagi muammolarni bir tizimda hal qiling
Qo‘lda daftar tutish o‘rniga savdo, ombor va cheklar bitta kassada yuradi.
Muammo 1
Hisob-kitobdagi xatolar
Qo‘lda hisob-kitob qilish vaqt oladi va xatolar yuzaga kelishi mumkin.
Yechim. Savdolarni tizimli qayd eting va hisob-kitoblarni markazlashtiring. Chegirma, naqd, karta yoki nasiya — yakuniy summa serverda hisoblanadi.
Muammo 2
Ombor nazorati
Qaysi mahsulot tugayotganini aniqlash qiyin.
Yechim. Mahsulotlar qoldig‘ini tizim orqali kuzating. Minimal zaxira belgilang — kam qolganlar qizil bilan ajraladi. Kirim va qaytarish omborni yangilaydi.
Kunlik savdolar ro‘yxati, chek va qaytarish.
Muammo 3
Savdo natijalarini bilmaslik
Kunlik savdo natijalarini tushunish uchun ko‘p vaqt sarflanadi.
Yechim. Hisobotlar orqali savdo ko‘rsatkichlarini qulay kuzating: yakunlangan savdolar, summalar va qaytarishlar bitta jurnaldan.
Smena ochiq
Kassir: Dilnoza · boshlang‘ich naqd ₸ 50 000
Yopishda kassa farqi ko‘rinadi.
Muammo 4
Xodimlarni boshqarish
Xodimlar va kassalar faoliyatini nazorat qilish murakkablashishi mumkin.
Yechim. Kassir smenasini ochish va yopish, savdolarni kassirga bog‘lash — kim qancha urgani jurnalda qoladi. Kirish login va parol bilan.
Hozir ishlaydigan imkoniyatlar
Faqat tizimda bor narsalar. Tez kunda degan va’dalar yo‘q.
Savdo
Qidiruv, savatcha, chegirma, naqd / karta / nasiya. Yakunida narx va qoldiq serverda hisoblanadi.
Ombor
Shtrix-kod, SKU, xarid/sotuv narxi, dona/kg/litr. Kam qolgan mahsulotlar va kirim.
Hisobot
Savdolar jurnali, qaytarish omborni tiklaydi, kassir smenasi va kassa farqi.
Kassani bugun oching
Ro‘yxatdan o‘tish bepul. Hisobingiz bo‘lsa — tizimga kiring.